Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

Qozog’iston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Borodyuk istefo berdi, deb yozadi bnews.kz.
Avvalroq, Qozog’iston futbol federaTsiyasining murabbiylar kengashi rossiyalik mutaxassisga, salbiy natijalar tufayli, ishonchsizlik elon qilgan edi. Shundan so’ng, Borodyuk barcha aybni o’z zimmasiga oldi va istefoga chiqdi.
Eslatib o’tamiz, Borodyuk Qozog’iston terma jamoasiga 2017 yilda bosh murabbiy qilib tayinlandi. Uning qo’l ostida jamoa 6ta o’yinni yutqazdi va 1 marta durang o’ynadi. Bu qozog’istonliklarning saralash o’yinlarida, so’nggi 12 yildagi eng yomon natijasi bo’lgan edi.